Skip Links

News Item

YXHT O‘zbekistonning yangi tergov sudyalari instituti doirasida inson huquqlarining o‘rni muhimligini ta’kidlaydi

Issued on:
Issued by:
OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan
Fields of work:
Инсон ҳуқуқлари

YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ikki nafar tajribali xalqaro huquqshunoslar ishtirokida tergov sudyalari uchun inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Toshkentda ikki kunlik trening tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan hamkorlikda tashkil etilgan trening maqsadi - sudyalarning inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, dalillar bilan ishlash, hamda inson huquqlarini himoya qilishni ustuvor qiladigan adolatli qarorlar qabul qilish borasidagi ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar va ularni O‘zbekiston amaliyotida qo‘llash usullarini muhokama qildilar, shuningdek, boshqa mamlakatlar tajribasi bilan tanishdilar.

Seminar ishida Avstriyadan kelgan xalqaro ekspertlar ishtirok etib, o‘z sud amaliyotidan aniq misollar keltirdilar va boshqa davlatlarda qonuniylik, adolat hamda inson huquqlarini himoya qilish qanday ta’minlanishini tushuntirdilar. Ularning ishtiroki tufayli mahalliy sudyalar qaror qabul qilishda turli yondashuvlarni ko‘rish va fuqarolarni himoya qilish sifatini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Dastur mazmunli va sermahsul bo‘ldi: amaliy vaziyatlar, guruh muhokamalari va tajriba almashish jarayonlari ishtirokchilarga yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkonini berdi. Ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar shuni ko‘rsatdiki, sudyalarning kasbiy tayyorgarligi inson huquqlarini himoya qilish sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, zo‘ravonlikka qarshi kurashishda yordam beradi va aholining eng zaif qatlamlari uchun adolatni ta’minlaydi. Xalqaro ekspertlar bilan bunday tajriba almashish O‘zbekiston sud tizimini mustahkamlash hamda uning faoliyatini inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro standartlariga muvofiq takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.


Contacts

Guzal Fayzieva

Media and Communication Programme Associate

OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

121 Zulfiyaxonim Street, Shayxontohur District
100128 Tashkent
Uzbekistan