Skip Links

News Item

YXHT sudyalarning kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha malakasini oshirmoqda

Issued on:
Issued by:
OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan
Fields of work:
Kiber/AKT Xavfsizlik

2026-yil 4-5-iyun kunlari Buxoro shahrida sudyalar uchun “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar: aniqlashdan sud qarorigacha” mavzusida o‘quv kursi o’tkazildi. Tadbir YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori hamda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda Buxoro viloyatining jinoyat ishlari bo‘yicha tuman va shahar sudlaridan 20 nafar sudya hamda sud raislari ishtirok etdi.

Kiberjinoyatchilik - onlayn firibgarlik va ma’lumotlarni o‘g‘irlashdan tortib, akkauntlarni buzib kirish hamda axborot tizimlariga qilingan hujumlargacha - bugungi kunning eng dolzarb tahdidlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday jinoyatlarni tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish sudyalardan maxsus bilim hamda raqamli muhitni chuqur tushunishni talab etadi.

Trening davomida ishtirokchilar kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, bunday ishlarni tergov qilish va sudda ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, raqamli dalillar bilan ishlash hamda raqamli kriminalistika asoslari bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamladilar. Alohida e’tibor blokcheyn texnologiyalari, kripto-aktivlar, darknetdagi kiberjinoyatlar hamda transmilliy kiberjinoyatlarni tergov qilishda xalqaro hamkorlik masalalariga qaratildi.

Dastur kiberjinoyatchilikka oid ishlarni sudda ko‘rib chiqish va hal etishning amaliy jihatlarini ham qamrab oldi. Jumladan, sud jarayonida raqamli dalillarning maqbulligi va ushbu toifadagi jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishda inson huquqlariga rioya etish masalalari muhokama qilindi. Mazkur kurs sudyalarning kibertahdidlarga qarshi kurashish sohasidagi kasbiy salohiyatini oshirishga qaratildi.

Ushbu trening YXHTning “Kiber va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishda milliy salohiyatni rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan turkum ta’lim tadbirlarining davomi bo‘ldi. Avvalroq xuddi shunday kurs Samarqand va Navoiyda tashkil etilgan edi, yaqin oylar ichida esa uni Andijon, Guliston, Jizzax, Nukus va Xivada ham o‘tkazish rejalashtirilgan.


Contacts

Guzal Fayzieva

Media and Communication Programme Associate

OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

121 Zulfiyaxonim Street, Shayxontohur District
100128 Tashkent
Uzbekistan