News Item
YXHT O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi sudyalari uchun asosiy huquqlar bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini qo‘llab-quvvatlaydi
- Issued on:
- Issued by:
- OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan
- Fields of work:
- Инсон ҳуқуқлари
22 - 23 iyul kunlari Toshkentda O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudining sudyalari va mutaxassislari Germaniya hamkasblari bilan shikoyatlarni ko’rib chiqish jarayoni va sudga murojaat qilish masalalari bo‘yicha o‘quv seminarida munozaralar va amaliy mashqlar o‘tkazdilar.
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan tashkil etilgan ikki kunlik ushbu tadbir Konstitutsiyaviy sud bilan uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan samarali hamkorlikning davomi bo‘ldi, jumladan, 2024 yilda Germaniyaga uyushtirilgan o‘quv tashrifi.
“Ushbu ikki kunlik trening sudyalarimiz, sud xodimlari va huquqshunoslarimiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi,” - dedi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Devoni rahbari, yuridik fanlar doktori Nilufar Said-Gaziyeva. “Xalqaro ekspertlar bilan birgalikda amaliy keyslarni tahlil qilish sud amaliyotimizni yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan tajriba bo‘lib xizmat qiladi. Yevropa konstitutsiyaviy sudlarining yakka tartibdagi murojaatlar va ijtimoiy kafolatlar kabi murakkab masalalarni hal etish tajribasini o‘rganish orqali biz fuqarolarning konstitutsiyaviy sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish, Konstitutsiya ustuvorligini ta’minlash va inson huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar muhokama qilindi”.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari va mutaxassislari o‘quv treningida ishtirok etdilar
O‘quv mashg‘ulotlarini ikki taniqli huquqshunos olim: Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudi sobiq sudyasi, professor Michael Eichberger hamda Haydelbergdagi Maks Plank nomidagi Qiyosiy ommaviy huquq va xalqaro huquq instituti konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha yetakchi eksperti doktor Matthias Hartwig olib bordilar.
Ikki kun davomida sudyalar asosiy huquqlarni himoya qilish, iqlim o‘zgarishi va shaxsiy erkinliklar, shuningdek, shaxsiy shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi va sud qarorlarini tayyorlash masalalarini qamrab olgan holatlarni ko‘rib chiqdilar.
Qonun ustuvorligi va sud hokimiyatining mustaqilligini targ‘ib etish YXHT majburiyatlarining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori milliy sud institutlarini xalqaro inson huquqlari standartlariga muvofiqlashtirish borasidagi amaliyotni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.