News Item
YXHT Toshkentda inson huquqlari va raqamli transformatsiya bo‘yicha xalqaro konferensiyani qo‘llab-quvvatladi
- Issued on:
- Issued by:
- OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori 20-21-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan "Raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlari: zamonaviy yondashuvlar " mavzusidagi xalqaro konferentsiyani qo‘llab-quvvatladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbusi bilan YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, BMT Tarraqiyot Dasturi va Konrad Adenauer jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Konferentsiyada Ombudsmanlar, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, 25 dan ortiq mamlakatdan ekspertlar, shuningdek, davlat institutlari va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar raqamli transformatsiya qanday qilib yangi imkoniyatlar yaratishi, shuningdek, inson huquqlariga xavf tug‘dirishi mumkinligini muhokama qildilar. Dastur raqamli dunyoda ayollar huquqlari va gender tengligi, yoshlar huquqlarini himoya qilish va onlayn xavfsizlik va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari hamda raqamli xizmatlardan teng foydalanish kabi uchta asosiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratdi.. Ishtirokchilar onlayn zo‘ravonlik va ta’qib, kiberhujum, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, raqamli savodxonlik va davlat xizmatlaridan raqamli vositalar orqali foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Konferentsiyani ochish chog‘ida, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Antti Karttunen raqamlashtirishning inklyuziv va huquqlarga asoslangan bo‘lishini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
“Biz texnologiya va inson huquqlari o‘rtasida tanlov qilmasligimiz kerak. Texnologiya odamlarga xizmat qilishiga va inson huquqlari raqamli o‘zgarishlarning kompasini saqlab qolishiga ishonch hosil qilishimiz kerak," - dedi elchi Antti Karttunen.
“Raqamli transformatsiya biz uchun faqat texnologik yangilanish emas, balki inson qadrini zamonaviy sharoitlarda ham ta’minlash mas’uliyatidir. Bugun insonning huquqlari, sha’ni, shaxsiy ma’lumotlari va xavfsizligi faqat real hayotda emas, balki onlayn makonda ham ishonchli himoya qilinishi kerak," - dedi Ombudsman Feruza Eshmatova.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Mavludaxon Xodjayeva va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, professor Akmal Saidov Ombudsman institutining inson huquqlarini ta’minlashdagi muhim ahamiyatini alohida ta’kidladilar. Tadbirda YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (ODIHR) direktori Maria Telalianning videomurojaati ham tinglandi.
YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (ODIHR) direktori Maria Telalianning videomurojaati
Konferentsiya YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori va Ombudsman instituti o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlikka asoslanadi. Ushbu hamkorlik doirasida inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini va institutsional salohiyatni oshirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Dastur Oliy Majlisda va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida rasmiy uchrashuvlar bilan davom etdi.