News Item
YXHT ko‘magida O‘zbekiston mutaxassislari Ispaniyaning jazoni ijro etish muassasalarini boshqarish tajribasini o‘rgandi
- Issued on:
- Issued by:
- OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan
XXI asrda qamoqxonalar ortida nimalar sodir bo‘lmoqda - u yerda inson huquqlari va ijtimoiy moslashuv imkoniyati qanday ta’minlanmoqda? O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu masalalarni inson huquqlarini himoya qilish va jazoni ijro etish muassasalarini boshqarish bo‘yicha rivojlangan yondashuvga ega Yevropa davlatlaridan biri - Ispaniyada o‘rgandi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Ispaniyaga tashrifi 2025-yil 15-18-dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Tashrif YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori va Taraqqiyot va odil sudlov markazi (CDJI) hamkorlikda tashkil etildi. O‘quv tashrif jarayonida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi vakillari hamda mamlakatning jazoni ijro etish muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Ular ispan tizimining amalda qanday ishlashini ko‘rish uchun erkaklar va ayollar qamoqxonalari va politsiya bo‘limiga tashrif buyurdi.
Bundan tashqari, o‘zbekistonlik mutaxassislar Ispaniya Adliya vazirligi, Jazoni ijro etish muassasalari Bosh kotibiyati, Karlos III universitetining "Gregorio Peches-Barba" inson huquqlari instituti hamda Ibero-Amerika xalqaro huquqiy hamkorlik tarmog‘ida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Delegatsiya a’zolari diqqatini tizim markazida inson ekaniga qaratdi. Ispaniya tomoni mahkumlarni individual baholash mexanizmlarini taqdim etdi. Bunda har bir mahbus alohida ko‘rib chiqiladi: uning xulq-atvori, ehtiyojlari va imkoniyatlari baholanadi, so‘ngra saqlash rejimi va qo‘llab-quvvatlash dasturlari tanlanadi.
Delegatsiya inson markazida turgan yondashuvga alohida e’tibor qaratdi. Ispaniya tajribasiga muvofiq, har bir mahkumni individual baholash mexanizmlari taqdim etildi: uning xulqi, ehtiyojlari va imkoniyatlari inobatga olinib, tegishli saqlash rejimi va qo‘llab-quvvatlash dasturlari belgilanadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi o‘quv va kasbiy tayyorgarlik kurslari, jamiyatga qayta moslashish dasturlari, shuningdek, mavjud tibbiy va psixologik yordam qanday berilishini o‘rgandi. Qamoqxona xodimlari mahbuslar bilan faol ishlar oilb borib, xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratadilar va bu yerda inson muassasa devorlari ortida rivojlanish va hayotga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatlarni yo‘qotmaydi. Bunday yondashuv shuni ko‘rsatadiki, qamoqxona nafaqat izolyatsiya joyi, balki inson huquqlari hurmat qilinadigan va ikkinchi imkoniyat beriladigan makon ham bo‘lishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasalarini boshqarishda genderga sezgir yondashuvga alohida e’tibor qaratildi.
O‘quv tashrifi davomida o‘zbek mutaxassislari orttirgan tajriba va bilimlar inson huquqlariga rioya etgan holda, xalqaro standartlarga muvofiq O‘zbekistonda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirishda qo‘llanilishi mumkin.