Skip Links

News Item

O‘zbekistonda YXHT treninglari sudyalarning inson huquqlari bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda

Issued on:
Issued by:
OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

O‘zbekistondagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning loyihalar koordinatori O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan hamkorlikda Xiva va Samarqand shaharlarida tergov sudyalari uchun o‘quv treninglarini tashkil etdi. Ushbu treninglarning maqsadi sudyalarning inson huquqlari va asosiy erkinliklarni himoya qilishga doir kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.  Treninglar 27–28 aprel kunlari Xivada va 30 aprel – 1 may kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tdi.

Treninglarda Buxoro, Xorazm, Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istondan kelgan sudyalar ishtirok etdilar. Ular inson huquqlari standartlariga rioya qilish, dalillarni samarali baholash va adolatli, asosli sud qarorlarini qabul qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Treninglarni ikki nafar xalqaro ekspert olib bordi. Dastur doirasida amaliy holatlar tahlili, interaktiv muhokamalar va tajriba almashish sessiyalari tashkil etildi. Ishtirokchilar inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar bilan tanishib, ularni milliy huquqiy tizimda qo‘llash usullarini o‘rgandilar, shuningdek boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini ko‘rib chiqdilar. 

Xalqaro ekspertlardan biri - Klaudiya Fents - ishtirokchilarning yuqori darajadagi faolligi va mazmunli muhokamalarini alohida ta’kidladi. U sudyalar uchun uzluksiz ta’limning muhimligini qayd etib, tergov sudyalarining malakasini oshirish adolat, qonuniylik va jamiyatning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. 

O’quv dasturda zaif guruhlarni himoya qilish va zo‘ravonlikning oldini olish, jumladan ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Amaliy mashqlar orqali ishtirokchilar yangi o‘zlashtirilgan bilimlarini darhol real hayotiy holatlarda qo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar.


Contacts

Guzal Fayzieva

Media and Communication Programme Associate

OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

121 Zulfiyaxonim Street, Shayxontohur District
100128 Tashkent
Uzbekistan