News Item
Ayollar tadbirkorligi va mintaqaviy hamkorlik: turizm sohasi rivojlanishining yangi imkoniyati
- Issued on:
- Issued by:
- OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan
YXHTning O‘zbekistondagi Loyiha koordinatori 4–5 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan “Turizmda ayollar – 2026” nomli III Markaziy Osiyo ayol tadbirkorlar forumini o‘tkazishda “Tadbirkor Ayol” Xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatladi.
Ikki kunlik forum Markaziy Osiyoning turizm sohasida ayollarning roli va salohiyatini kengaytirishga qaratildi. Ishtirokchilar transchegaraviy hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qildilar, ilg‘or tajribalar bilan almashdilar, qo‘shma biznes loyihalar istiqbollarini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va mintaqada noyob turizm mahsulotlarini yaratishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni muhokama qildilar.
Forumda Markaziy Osiyo davlatlaridan ayol tadbirkorlar, davlat organlari vakillari, xalqaro ekspertlar, hamkorlikka qiziqqan biznes tuzilmalari, rivojlanish bo‘yicha hamkor tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Muhokamalarda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda mahalliy kichik biznesdan mintaqah va xalqaro bozorlarga chiqish masalalari markaziy o‘rinni egalladi. Dasturning ikkinchi kunida ishtirokchilar Nukus shahri va uning atrofidagi bir qator muhim turistik obyektlarga tashrif buyurdilar.
Forum ishtirokchilari Nukus shahri va uning atrofidagi bir qator muhim turistik obyektlarga tashrif buyurdilar
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ofisining loyihalar bo‘yicha katta maslahatchisi Endryu Yurkovskiy ishtirokchilar oldida so‘zga chiqib, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan mamlakat bo‘ylab turli tashabbuslar orqali ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishida ko‘p yillik qo‘llab-quvvatlash amalga oshirilayotganini ta’kidladi. “So‘nggi yillarda biz milliy va mahalliy hamkorlar bilan birgalikda, ayniqsa hududlarda, ayollar tadbirkorligini mustahkamlash va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish ustida ishlamoqdamiz. Bizning tashabbuslarimiz raqamli va kompyuter savodxonligini oshirish, elektron tijoratdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, hamda moliyaviy savodxonlik va biznesni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan”, — deb ta’kidladi Endryu Yurkovskiy.
Yillar davomida YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori “Tadbirkor Ayol” Xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilib, ayollarning iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kasbiy o‘sish va ijtimoiy integratsiya yo‘nalishlaridagi salohiyatini mustahkamlab kelmoqda.