Skip Links

News Item

Muloqot va ishonchni mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida YXHTning Shveysariya raisligi maxsus vakili O‘zbekistonga tashrifini yakunladi

Issued on:
Issued by:
OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning Shveysariya raisligi doirasida muloqot va ishonchni mustahkamlash masalalari bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serj Rumin O‘zbekistonga ikki yarim kunlik tashrifini 24-iyun kuni yakunladi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - Markaziy Osiyodagi so‘nggi mintaqaviy o‘zgarishlarni, xususan, "Xujand deklaratsiyasi" hamda Farg‘ona tinchlik forumi natijalarini atroflicha o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, muloqotlarda YXHTda Shveysariya raisligining ustuvor yo‘nalishlari hamda butun mintaqada muloqot, o‘zaro ishonch va mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Elchi Serj Rumin Farg‘onada yosh tinchlikparvarlar tashabbusining tantanali ochilish marosimida

Maxsus vakil Serj Rumin tashrif davomida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov, Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamda Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, u Markaziy Osiyo xalqaro institutida ham muzokaralar olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan uchrashuv

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqoqotlar instituti direktori Eldor Aripov bilan uchrashuv

"Mintaqaviy hamkorlikda so‘nggi vaqtlarda erishilgan ijobiy o‘zgarishlar umumiy muammolarni hal etish va Markaziy Osiyo xalqlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muloqot, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik aloqalari qanchalik muhim ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda. Bu tajriba, shuningdek, YXHT makonida ishonchni mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlik masalalarini kengroq muhokama qilish uchun ham qimmatli xulosalar berishi mumkin", - deya ta’kidladi maxsus vakil Serj Rumin.

22-iyun kuni maxsus vakil Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan "Yosh tinchlikparvarlarning transchegaraviy tashabbusi" tadbirida ishtirok etdi. Farg‘ona vodiysida muloqot, ishonch va amaliy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ushbu tadbir Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlaridan kelgan 30 dan ortiq yoshlarni bir maydonda jamladi. Mazkur tashabbus doirasida u Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistonga amalga oshirilgan ushbu tashrif elchining Tojikiston va Qirg‘izistonni ham qamrab olgan mintaqaviy safari doirasida tashkil etildi. 


Contacts

Guzal Fayzieva

Media and Communication Programme Associate

OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

121 Zulfiyaxonim Street, Shayxontohur District
100128 Tashkent
Uzbekistan