Skip Links

News Item

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud tizimidagi ayollar yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda

Issued on:
Issued by:
OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

2026-yil 2–3-iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan trening davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud tizimi vakili bo‘lgan ayollar o‘zlarining yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bir qatorda, o‘zaro tajriba almashishdi va professional aloqalarni mustahkamlashdi.

Tadbir O‘zbekistondagi YXHT Loyihalari koordinatori, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamkorligida tashkil etildi. Treningda, shuningdek, davlat organlari va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbir ayollarning yetakchilik salohiyatini oshirish va ularning kasbiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralarni muhokama qilish uchun samarali muloqot maydonchasiga aylandi.

Tadbirni Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi direktori Akmal Saidov, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Antti Karttunen, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Kolenko kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

Elchi Antti Karttunen o‘z nutqida samarali rahbarlikning ruhlantiruvchi roliga alohida to‘xtalib o‘tdi.

«Yetakchilik - bu imtiyoz emas, balki xizmatdir, - dedi u. - Biz ko‘pincha jamoa rahbarga xizmat qilishi kerak, deb o‘ylaymiz. Aslida esa rahbar jamoaga xizmat qilishi - to‘siqlarni bartaraf etishi, imkoniyatlar yaratishi va boshqalarga o‘zining eng yaxshi jihatlarini namoyon etishiga ko‘maklashishi lozim».

Trening dasturi samarali rahbar uchun zarur bo‘lgan fazilat va kompetensiyalar, shaxsiy yetakchilik salohiyatini anglash, ishonchli va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash orqali professional tarmoqlarni kengaytirish masalalarini qamrab oldi.

Shuningdek, ishtirokchilar «kasbiy yonish» holatlarini yengib o‘tish yo‘llari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud tizimida faoliyat yuritayotgan ayollarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash strategiyalarini muhokama qildilar.

Mashg‘ulotlar interaktiv mashqlar, amaliy bahslar va xalqaro tajriba almashish formatida o‘tkazildi.


Contacts

Guzal Fayzieva

Media and Communication Programme Associate

OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

121 Zulfiyaxonim Street, Shayxontohur District
100128 Tashkent
Uzbekistan