News Item

YXHT Termizda sud jarayonlarini yoritish bo‘yicha trening o‘tkazdi

Issued on:
Issued by:
OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

Sud jarayonlarini yoritishda jurnalist uchun eng muhim vazifalardan biri - voqealarni qiziqarli va tushunarli tarzda yetkazish bilan birga, qonun talablariga rioya qilish, faktlarni aniq bayon etish va insonlarning obro‘-e’tiborini hurmat qilishdir. 2026-yil 19–20-oktabr kunlari Termiz shahrida aynan shu masalalarga bag‘ishlangan «OAVda odil sudlov va huquqiy mavzularni yoritish» nomli ikki kunlik hududiy o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy jurnalistlar, blogerlar va sudlarning matbuot xizmatlari vakillari ishtirok etdilar. Mazkur o‘quv kursi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir OAV va sud tizimi o‘rtasida muloqotni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, sudlarning ochiqligi va jurnalistlarning yuksak professionalligi jamoatchilik ishonchini mustahkamlash hamda odil sudlovning shaffofligini ta’minlashning muhim asosidir. Ishtirokchilar taniqli xalqaro ekspertlar: media erkinligi sohasidagi tadqiqotchi va ekspert Olena Cherniavska hamda Litva media ombudsmani Dainius Radzevičius bilan birgalikda mavzuni chuqur o‘rgandilar.

Dasturda amaliy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratildi. Ekspertlar va ishtirokchilar sudlar faoliyatining ochiqligiga oid xalqaro standartlarni muhokama qildilar, jamoatchilikning axborot olish huquqi va aybsizlik prezumpsiyasi o‘rtasidagi muvozanatni saqlash masalalarini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, tuhmat va shaxsning sha’ni hamda qadr-qimmatga putur yetkazish bilan bog‘liq huquqiy xatarlarni tahlil qildilar.

Mashg‘ulotlar quruq nazariya bilan cheklanib cheklanib qolmasdan, mashg‘ulotlar davomida real voqealar va sud amaliyotiga oid misollar tahlil qilindi, ishonchli axborot manbalarini shakllantirish, faktlarni tekshirish usullari hamda murakkab yuridik atamalarni keng jamoatchilik uchun tushunarli tilda bayon etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

Intensiv o‘quv kursi amaliy mashg‘ulot va sertifikatlarni topshirish marosimi bilan yakunlandi. Tadbir media vakillari va sud tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi.


Contacts

Guzal Fayzieva

Media and Communication Programme Associate

OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

121 Zulfiyaxonim Street, Shayxontohur District
100128 Tashkent
Uzbekistan