News Item
YXHT Özbekistonda sud organlarining kommunikatsiyasini kuchaytirishga kömaklashmoqda
- Issued on:
- Issued by:
- OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan
- Fields of work:
- Инсон ҳуқуқлари
Sudlar murakkab huquqiy masalalarni qanday qilib aniq va tuşunarli tarzda izohlaşi, jurnalistlarning savollariga samarali javob berişi hamda muayyan iş jamoatçilikning katta e’tiborini tortgan hollarda mas’uliyat bilan axborot yetkazişi mumkin? Uşbu masalalar 26–27-noyabr kunlari Toşkent şahrida YXHTning Özbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan hamkorlikda sudlarning matbuot kotiblari uçun tashkil etilgan öquv kursida muhokama qilindi.
“Sud organlari kommunikatsiyasi: jamoatçilikning odil sudlovni tuşunişiga kömaklaşiş uçun axborot beriş va tuşuntiriş” deb nomlangan tadbir sud organlari nomidan axborot beruvçi mutaxassislar duç keladigan amaliy masalalarga qaratildi. İştirokçilar tergov sirini, aybsizlik prezumpsiyasini va şaxslarning huquqlarini hurmat qilgan holda ommaviy axborot vositalari hamda jamoatçilikkа mazmunli axborot taqdim etiş usullarini körib çiqdilar.
“Jurnalistlar va matbuot xizmatlari örtasidagi munosabatlar ba’zan ziddiyatli tus olişi mumkin, biroq ular konstruktiv bölişi lozim, - dedi YXHTning Özbekistondagi loyihalar koordinatori katta loyiha xodimi Endryu Yurkovski. - Siz ham, jurnalistlar ham sud jarayonlarining şaffofligini ta’minlaş, adolatli va oçiq sud muhokamalarini kafolatlaş, huquqiy savodxonlikni oşiriş hamda sud hokimiyatiga bölgan hurmatni yanada mustahkamlaşda muhim rol öynaysiz”.
Dastur muhokamalar bilan bir qatorda amaliy maşğulotlarni ham öz içiga oldi. İştirokçilar Fransiya va Özbekistonda sud organlarining kommunikatsiyasiga doir yondashuvlarni taqqosladilar, OAV bilan boğliq inqirozli vaziyatlarni modellaştiriş asosida amaliy maşqlar bajardilar hamda öz sudlari ehtiyojlariga moslaştiriş mumkin bölgan kommunikatsiya rejalarini işlab çiqdilar.
Uşbu taşabbus Özbekistonda sud jarayonlari tobora oçiq bölib borayotgan bir paytda amalga oşirilmoqda. Mamlakatda 2021-yilda qabul qilingan “Sudlar töğrisida”gi Qonun sudlar faoliyati haqidagi axborotdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirdi. Bu jurnalistlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş bilan birga, sudlarning matbuot xizmatlari oldiga kommunikatsiya sohasida yangi vazifalarni ham qoydi.
Sud organlarida kommunikatsiya uçun mas’ul xodimlar va OAV bilan işlaş böyiça ekspertlarni birlaştirgan öquv kursi matbuot kotiblariga sud qarorlari va jarayonlarini jamoatçilikka aniq, öz vaqtida va tuşunarli tarzda izohlaş uçun zarur vositalarni taqdim etdi.