Skip Links

News Item

Toshkentda sudyalar uchun kiberjinoyatchilik bo‘yicha milliy o‘quv seminari boshlandi

Issued on:
Issued by:
OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan
Fields of work:
Kiber/AKT Xavfsizlik

2025-yil 14–15 aprel

YXHT konferensiya zali, Toshkent

Bugun O‘zbekistonda sud tizimi vakillari uchun mo‘ljallangan “Kiberjinoyatlar: aniqlashdan sud hukmiga qadar” mavzusidagi birinchi milliy o‘quv kursining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotida kiberjinoyatchilik bo‘yicha xalqaro va milliy huquqiy asoslar, taqqoslovchi sud amaliyoti va xorijiy sud qarorlari, kiberjinoyatlarni to‘g‘ri malakalash va jinoiy javobgarlikka tortishdagi qiyinchiliklar, elektron dalillarni to‘plash va ularning isbot sifatida qabul qilinishi kabi mavzular muhokama qilinmoqda. Mazkur tadbir YXHTning O‘zbekistondagi Loyihalar Koordinatori tomonidan tashkil etilib, sud tizimining salohiyatini oshirish hamda raqamli tahdidlar sharoitida samarali va huquqiy me’yorlarga asoslangan odil sudlovni ilgari surishga qaratilgan. Ochilish marosimida YXHTning O‘zbekistondagi Loyihalar Koordinatori, elchi Antti Karttunen kiberjinoyatchilik tahdidining ortib borayotganini qayd etib, raqamli davrda muvozanatli va adolatli sud amaliyotini shakllantirishda sudyalar ishtirokining muhimligini ta’kidladi.