Story
Xizmatdagi ayol: raqamli xavfsizlik posbonida
- Date:
- Source:
- OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan
- Fields of work:
- Kiber/AKT Xavfsizlik, Gender-based violence, Women, peace and security
Lyudmila Yugayning xizmat xonasida uning kasbi haqida köp narsani anglatuvçi tafsilotlarni darhol payqaş mumkin: qatʼiy xizmat formasi, yelkasidagi pogonlar, oddiy bölmagan işlar muhokama qilinadigan iş stoli. Masalan, bugungi kunda sodir etilişi uçun na qoronği köça, na buzib oçilgan eşik kerak böladigan jinoyatlar.
Baʼzan buning uçun smartfonning özi kifoya.
Lyudmila Özbekiston huquqni muhofaza qiliş tizimida 30 yildan ortiq vaqtdan buyon xizmat qilib kelmoqda. Xizmat yillari davomida u qonunlar, texnologiyalar va jinoyatlarning özi qanday özgarganiga guvoh böldi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari esa yaqin vaqtgaça umuman mavjud bölmagan izlarni aniqlash va tahlil qilişni örganişlariga töğri kelmoqda.
Masalan, bugungi kunda singan telefon har doim ham “soqov guvoh” bölib qolavermaydi. Zamonaviy raqamli kriminalistika şikastlangan qurilmalardan hodisa manzarasini tiklaşga va tergov uçun muhim dalillarni topişga yordam beradigan maʼlumotlarni ajratib oliş imkonini beradi.
“Masalan, virtual makon monitoringi bolalarga nisbatan zöravonlik aks etgan materiallar tarqatilişi holatlarini foş etişga yordam bergan. Ammo bunday kontentni aniqlash - faqat birinçi qadam. Uning tarqalişi ortida kim turganini aniqlash uçun mutaxassislar raqamli izlar va elektron maʼlumotlarni tahlil qiladi, şuningdek, onlayn platformalar bilan tegishli tartibda iş olib boradi. Aynan şuning uçun bugungi kunda raqamli kriminalistikaning zamonaviy vositalari va usullari alohida ahamiyat kasb etmoqda”, - deydi Lyudmila.
Bugungi kunda Lyudmila Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti bölimiga rahbarlik qiladi va huquq, ilm-fan hamda texnologiyalar kesişgan nuqtada faoliyat yuritadi. Har bir yangi kompetensiya va har bir yangi vosita jinoyatlarni yanada samarali tergov qiliş hamda inson huquqlari himoyasini ta’minlash imkonini beradi.
Lyudmila huquqni muhofaza qiliş sohasida 30 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritadi
Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi uşbu faoliyatni, jumladan, YXHTning Özbekistondagi loyihalar koordinatori bilan hamkorlikda, YXHTning “Kiber va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tahdidlarga qarşi kuraşişda milliy salohiyatni rivojlantiriş” loyihasi doirasida rivojlantirmoqda.
“2022-yilda YXHTning Özbekistondagi loyihalar koordinatori kömagida Dark Web laboratoriyasi jihozlandi. Bu mutaxassislar internetning yaşirin segmentini amaliy jihatdan örganişi, dolzarb kibertahdidlarni tadqiq etişi hamda ularni aniqlash va tahlil qilişning zamonaviy usullarini özlaştirişi mumkin bölgan makondir. Bu kömak faqat texnik jihozlaş bilan çeklanmaydi. YXHT kömagida mutaxassislar xalqaro tajriba almaşiş, xorijiy ekspertlar iştirökidagi treninglarda qatnaşiş va elektron dalillar bilan işlaşning zamonaviy yondaşuvlarini özlaştiriş imkoniyatiga ham ega bölmoqda”, - deya taʼkidlaydi Lyudmila.
Ha, texnologiyalar bilan birga nafaqat xavfsizlikni taʼminlashga bo‘lgan yondaşuvlar, balki jinoyat sodir etiş usullari ham özgarib bormoqda. Demak, himoya tizimi ham özgarişi kerak. Aynan şu özgaruvçan zöravonlik şakllariga bugungi kunda "Genderga asoslangan zöravonlikka qarşi 16 kunlik faollik" xalqaro kampaniyasi doirasida e'tibor qaratiş kerak.
2026-yilda “Genderga asoslangan zöravonlikka qarşi 16 kunlik faollik” xalqaro kampaniyasi “BIRGALIKDA xotin-qizlar va qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beramiz: adolatni ta’minlaş, zöravonlikdan jabrlanganlarni himoya qiliş, jazosizlikka çek qo‘yiş” mavzusi ostida ötkazilmoqda
Lyudmilaning sözlariga köra, “raqamli zöravonlik” tuşunçasi ortida bir-biridan farq qiladigan juda köp voqealar turadi. Ularning oqibatlari esa mutlaqo virtual emas.
Masalan, munosabatlar tugaganidan keyin ham erkak ayolga yozishda va uni taʼqib qilişda davom etadi. Bora-bora bu xabarlar tazyiq va şantajga aylanadi, messenjerda boşlangan oddiy yozişma esa jinoyatning bir qismiga aylanib qoladi. Bunda aynan şu yozişmalar, hatto öçirib yuborilgan bölsa ham, yagona dalil bölişi mumkin. Boşqa bir holatda esa ayolning roziligisiz tarqatilgan şaxsiy materiallar unga bosim ötkaziş vositasiga aylanadi.
Baʼzan esa ekranning narigi tomonida bola böladi. Notaniş kişi özini uning tengdoşi sifatida taniştiradi, işonçiga kiradi, keyinçalik esa şantaj va bosimga ötadi. Raqamli zöravonlikning eng xavfli şakllaridan biri - onlayn gruming ana şunday körinişda bölişi mumkin.
YXHT kömagi Lyudmila va uning Huquqni muhofaza qiliş akademiyasidagi hamkasblarining raqamli kriminalistika sohasidagi salohiyatini mustahkamlaşga yordam bermoqda
Raqamli jinoyatlarning yana bir öziga xos xususiyati şundaki, ular çegaralarni osonlik bilan kesib ötadi. Jinoyatçi bir mamlakatda bölişi, boşga mamlakatdagi platformadan foydalanişi, tergov uçun zarur maʼlumotlar esa uçinçi mamlakatdagi serverda saqlanişi mumkin. Aynan şunday vaziyatlarda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
YXHTning Özbekistondagi loyihalar koordinatori milliy va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda Özbekistonning Kiberjinoyatçilik töğrisidagi Budapeşt konvensiyasiga qoşiliş jarayonini qöllab-quvvatlamoqda. Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi bu boradagi asosiy milliy hamkorlardan biridir.
Kiberjinoyatçilik töğrisidagi Budapeşt konvensiyasi - Yevropa Kengaşining 2001-yilda qabul qilingan xalqaro şartnomasi bölib, internetda sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiliş uçun jinoyat huquqining yagona standartlarini hamda davlatlar örtasida elektron dalillar almaşiş tartib-taomillarini belgilaydi.
“Bir qaraşda, kiberjinoyatçilik töğrisidagi xalqaro şartnoma internetda taʼqib yoki şantajga duç kelgan ayolning holatidan yiroqdek tuyulişi mumkin. Amalda esa ular örtasidagi boğliqlik ança yaqin, - deya tuşuntiradi Lyudmila. - Budapeşt konvensiyasi davlatlarga elektron dalillarni tezroq saqlab qoliş va oliş, şuningdek, transçegaraviy jinoyatlarni tergov etişda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yişga yordam beradigan mexanizmlarni nazarda tutadi.”
Kiberzöravonlikdan jabrlangan şaxslarning huquqlarini himoya qiliş nuqtai nazaridan, bu qoğozdagi xalqaro huquqiy tartib-taomilgina emas, balki akkaunt ortida yaşiringan şaxsni aniqlash, raqamli izni saqlab qoliş va zarur maʼlumotlar mamlakat taşqarisida bölsa ham dalillarni töplaş uçun real imkoniyatni anglatişi mumkin.
Bugungi kunda Özbekiston Budapeşt konvensiyasiga qoşilişga tayyorgarlikning amaliy bosqiçida. Milliy hamkorlar va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda mamlakat amaldagi qonunçilikni tahlil qilmoqda, zarur huquqiy va institutsional özgarişlarni belgilamoqda hamda idoralararo va xalqaro hamkorlik mexanizmlarini şakllantirmoqda. 2026-yil oktabr oyida YXHTning Özbekistondagi loyihalar koordinatori Yevropa Kengaşi bilan birgalikda va Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi kömagida uşbu işlarni keyingi qadamlar böyiça amaliy yöl xaritasida birlaştirişga yordam berdi.
Özbekistonning Kiberjinoyatçilik töğrisidagi Budapeşt konvensiyasiga qoşilişga tayyorgarligi 2026-yil 26-oktabrda Toşkentda ötkazilgan davra suhbatining asosiy mavzusi böldi
Ammo xalqaro mexanizmlar va yangi texnologiyalar ulardan amalda samarali foydalana oladigan, zarur bilim va könikmalarga ega mutaxassislar bölgandagina natija beradi.
Lyudmila uçun kasb har doim katta hayotining faqat bir qismi bölib kelgan. U uç nafar voyaga yetgan farzandning onasi, turmuş örtoği ham avval huquqni muhofaza qiliş sohasida işlagan. Ilm-fan, rahbarlik lavozimi, oila - bularning barçasi yillar davomida alohida-alohida emas, balki bir vaqtning özida uning hayotida yonma-yon mavjud bölib kelgan.
“Formadagi ayol kuçli rahbar böliş uçun erkaklarga xos boşqaruv uslubini özlaştirişi şart emas, - deydi Lyudmila. - Ayolning öziga xos kuçli jihatlari bor: talabçanlik odamlarga hurmat bilan, prinsipiallik turli nuqtai nazarlarni tinglay biliş bilan, qatʼiyatlilik esa empatiya bilan uyğunlaşişi mumkin”.
Ehtimol, aynan şuning uçun ham uning hikoyasi “16 kunlik faollik” mazmuniga şu qadar mos tuşadi: ayollarni zöravonlikning yangi şakllaridan himoya qilar ekanmiz, ayni paytda bu himoyani yaratayotgan ayollarni ham köra biliş muhim.

