News Item
YXHT O‘zbekistonda sud jarayonlari va huquqiy mavzularni yoritish bo‘yicha Nukusda trening tashkil qildi
- Issued on:
- Issued by:
- OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan
18–19 may kunlari Nukus shahrida jurnalistlar, blogerlar hamda sudlar matbuot xizmati vakillari uchun sud jarayonlari va huquqiy masalalarni professional tarzda yoritishga bag‘ishlangan ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT)ning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, Oliy sud va Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil etildi.
Dasturning maqsadi - jurnalistlar va blogerlarga sudlar faoliyati hamda sud jarayonlari haqida savodli, aniq va mas’uliyatli axborot tayyorlash ko‘nikmalarini oshirishdan iborat edi. Treningning ikki kunlik ikkinchi sessiyasi 21–22 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda.
Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, jurnalistlarning sud jarayonlarini kuzatish imkoniyati va ularni xolis yoritishi sud tizimi ochiqligini ta’minlashga, jamiyatning obyektiv axborot olishi hamda adolatli sudlov va aybsizlik prezumpsiyasi tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ikki kun davomida ishtirokchilar O‘zbekiston sud tizimining tuzilishi, sud faoliyatini yorituvchi jurnalistika va huquqiy jurnalistika o‘rtasidagi farqlar, shuningdek, jamoatchilik manfaatlari bilan sud-huquq jarayonlarida ishtirok etayotgan shaxslarning huquqlarini muvozanatda saqlash nega muhim ekani masalalarini muhokama qildilar.
Alohida sessiyalar jurnalistikaning axloqiy va huquqiy chegaralariga, jumladan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, sud hokimiyatiga hurmat bilan yondashish hamda tuhmat va tekshirilmagan axborotni tarqatish xavflariga bag’ishlandi. Bolgariadan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar sud hujjatlari bilan ishlash, faktlarni tekshirish va murakkab huquqiy mavzularni keng auditoriya uchun tushunarli shaklda yoritish usullarini tushuntirib berdilar.
Nukus va Toshkentdagi tadbirlar mamlakatda huquqiy jurnalistikani rivojlantirishga qaratilgan kengroq va va tizimli sa’y-harakatlarning davomidir. Shunga o‘xshash treninglar avvalroq Farg’ona va Samarqand shaharlarida ham o‘tkazilgan.