Skip Links

News Item

Buxorodagi velomarafon ekologik xabardorlik va barqaror mobillikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda

Issued on:
Issued by:
OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan
Fields of work:
Атроф-муҳитни муҳофаза қилиш

5-iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Buxoroda VII an’anaviy velomarafon bo‘lib o‘tdi. Yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyat hamda barqaror mobillikni targ‘ib etishga qaratilgan ushbu tadbirda 100 dan ziyod maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

Mazkur tadbir O‘zbekistondagi YXHTning loyihalar koordinatori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Marafon maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kichik yoshdagi ishtirokchilarini birlashtirdi. Ular o‘zlari uchun maxsus mo‘ljallangan begovel (pedalsiz velosiped)larda belgilangan masofani bosib o‘tdilar.

Velomarafonning yosh ishtirokchilari

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ekologik ta’lim-tarbiyaning ahamiyati hamda kundalik hayotdagi tanlovlarimiz atrof-muhit barqarorligini ta’minlashda qanchalik muhim rol o‘ynashini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, velosiped va boshqa ekologik toza transport turlarini ommalashtirish sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bilan birga tabiatga salbiy ta’sirlarni kamaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Velosport musobaqalari bilan bir qatorda tadbir dasturidan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy va madaniy chiqishlar ham o‘rin oldi.

“Velomarafonda qatnashganimdan juda xursandman. Velosipedlar havoni iflos qilmaydi va hammamiz ulardan foydalansak, shahrimiz tozaroq bo‘ladi. Sovg‘a olish esa juda ajoyib bo‘ldi!” - deydi marafonda ishtirok etgan 7 yoshli bolakaylardan biri.

Gʻalaba quvonchi! Bolalar velomarafonda qoʻlga kiritgan mukofotlaridan shod.

Yoshlar o‘rtasida ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirish hamda ularning bu boradagi xabardorligini oshirish - YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori xavfsizlikning Iqtisodiy va ekologik mezoni doirasidagi amalga oshirayotgan faoliyatining muhim tarkibiy qismidir. YXHT bunday tashabbuslar orqali ulg’ayotgan avlod vakillarida ekologik mas’uliyat va barqaror ko‘nikmalarni shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.


Contacts

Guzal Fayzieva

Media and Communication Programme Associate

OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

121 Zulfiyaxonim Street, Shayxontohur District
100128 Tashkent
Uzbekistan