Skip Links

News Item

YXHT O‘zbekistonda vaqtincha saqlash hibsxonalari xodimlarini qiynoqlar va shafqatsiz munosabatning oldini olish bo‘yicha tayyorlashga ko‘maklashmoqda

Issued on:
Issued by:
OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

O‘zbekistonning turli hududlaridan 26 nafar vaqtincha saqlash hibsxonalari xodimi 22-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tkazilgan o‘quv kursida ishtirok etib, hibsga olish joylarida qiynoqlar va shafqatsiz munosabatning oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va bilimlarini mustahkamladi.

Buyuk Britaniyaning Metropolitan politsiyasi (London shahri politsiyasi)ning ikki nafar xodimi ishtirokchilarga hibsxona boshqaruvi va inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro ilg‘or tajribaga asoslangan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi. Tadbir har yili 26 iyun kuni nishonlanadigan Qiynoqlar qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Xalqaro kunga bag‘ishlandi.

YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Antti Karttunen ushbu sohada kafolatlarni kuchaytirishga qaratilgan umumiy sadoqat muhimligini ta’kidladi.

«Vaqtincha saqlash hibsxonalari xodimlari adolatning old safida turibdi, - dedi u. - Sizning kundalik qarorlaringiz inson hayotiga hamda mamlakatning xalqaro majburiyatlariga rioya etilishiga bevosita ta’sir qiladi.»

Tadbir doirasida quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:

  • qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha xalqaro va milliy huquqiy asoslar;
  • inson huquqlari standartlarini amaliy qo‘llash, jumladan, muloqot ko‘nikmalari hamda ushlangan shaxslar va advokatlar bilan o‘zaro aloqalar;
  • keskinlikni kamaytirish va vaziyatni yumshatish (deeskalatsiya) usullari;
  • politsiya hibsxonalari sharoitida gender sezgir yondashuv bo‘yicha BMTning Bangkok qoidalari.

O‘quv kursi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Rivojlanish va adolat markazi hamda Buyuk Britaniya Metropolitan politsiyasi hamkorligida tashkil etildi.


Contacts

Guzal Fayzieva

Media and Communication Programme Associate

OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

121 Zulfiyaxonim Street, Shayxontohur District
100128 Tashkent
Uzbekistan