Skip Links

News Item

Toshkentda bo‘lib o‘tgan davra suhbatida feminitsidning oldini olishning huquqiy mexanizmlari muhokama qilindi

Issued on:
Issued by:
OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

2026-yil 25-iyun kuni Toshkent shahridagi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar vakillari xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish hamda ularning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilish uchun davra suhbatida ishtirok etdilar.

“Feminitsidning oldini olishning huquqiy mexanizmlari: xalqaro standartlardan milliy amaliyot sari” mavzusidagi davra suhbati YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamkorligida tashkil etildi.

Ishtirokchilar feminitsid hamda ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning boshqa shakllarini oldini olish bo‘yicha xalqaro va milliy tajribalarni, qonunchilikni hamda parlament nazoratini takomillashtirish yo‘llarini, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish masalalarini, jabrlanganlarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini, shuningdek fuqarolik jamiyati va xalqaro hamkorlikning xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlashdagi rolini muhokama qildilar.

“Ushbu davra suhbati global, mintaqaviy hamda O‘zbekistonda hali amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarni ko‘rsatib berdi, shu bilan birga O‘zbekistonning gender asosidagi zo‘ravonlikni, xususan feminitsidni bartaraf etishga qaratilgan qonunlar va siyosatni rivojlantirish borasida erishgan muhim yutuqlarini ham ta’kidladi”, - dedi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Antti Karttunen. - “Bu erishilgan natijalarni davom ettirish va yanada mustahkamlash uchun muhim imkoniyatdir.”

Tadbirda so‘zga chiqqanlar orasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktor o‘rinbosari Dilnoza Muratova, YXHTning gender masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Lara Skarpitta, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Artykova, “BMT-Ayollar” tuzilmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi ofisi rahbari va Qozog‘istondagi “BMT-Ayollar” vakolatxonasi vakili Ceren Güven Güres, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Makhfirat Ochilova bor edi.

Muhokamalar natijasida qonunchilikni takomillashtirish, ma’lumotlarni yig‘ish tizimlarini mustahkamlash, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish hamda gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar to‘plami ishlab chiqildi.


Contacts

Guzal Fayzieva

Media and Communication Programme Associate

OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

121 Zulfiyaxonim Street, Shayxontohur District
100128 Tashkent
Uzbekistan